III-Jarrohlik
Bosh va buyin onkologiyasi RIO va RIATM Buxoro filialining bosh va bo‘yin onkologiyasi bo‘limi aksariyat klinikalarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu bo‘limdagi bemor butun davolash siklidan o‘tish imkoniyatiga ega: tashxisdan reabilitatsiyagacha: jarroxlik amaliyoti, nur va ximioterapiya. Bo‘lim operatsion mikroskop, endoskopik uskuna, yetakchi ishlab chiqaruvchilarning mikro asboblarining butun to‘plami bilan ta’minlangan. Bulimda 5 nafar bosh va bo‘yin onkologi, shu jumladan 1 nafar fan doktori ishlaydi. Bo‘limda quyidagi tashxislar bilan bemorlar yotib davolanadi: Og‘iz bo‘shlig‘i xavfli usmalari Yuqori va pastki lab xavfli usmalari Yuqori va pastki jag‘ xavfli usmalari Til xavfli usmalari Og‘iz – halqum, burun - xalqum, halqum – xiqildoq va qizilo‘ngach bo‘yin soxasi xavfli usmalari So‘lak bezi xavfli usmalari Hiqildoq xavfli usmalari Qalqonsimon xavfli usmalari Teri xavfli usmalari Burun yondosh bo‘shliqlari xavfli usmalari tashxisi bilan kombinir va kompleks davo muolajalarini qabul qiladi. Bo‘limda tashxis qo‘yishda har bir azodagi o‘smadan sitologik va gistologik taxlillar olinadi. Bulimda qalqonsimon bezi usmalariga tashxis qo‘yishda UTT yordamida o‘smadan trepan biopsiya olish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Bo‘limda bosh va bo‘yin onkologiyasi yo‘nalishida yili 300 ga ortiq jarroxlik amaliyotlari amalga oshiriladi. Bo‘limda amalga oshiriladiga jarroxlik amaliyotlar Yuqori va pastki lab xavfli usmalarida (pastki lab rezeksiyalari va bir vaktning o‘zida kuchirib o‘tkazuvchi loskut yordamida mikroxirurgik amaliyotlar) Yuqori va pastki jag‘ xavfli usmalarida ( jag‘ rezeksiyasi va bir vaktning o‘zida rekonstrkutsiya va deffektni plastika qilish ) Til xavfli usmalarida (gemiglosektommiya, glossektomiya, old rezeksiya, chekka rezeksiya, ponasimon rezeksiya va bir vaqtning o‘zida mikroxirurgik rekonstruksiya ) So‘lak bezi xavfli o‘smalarida (parotidektomiya yuz nervi butunligini saqlagan holda, ekstripatsiya ) Hiqildoq xavfli o‘smalarida (endolorengial yo‘l orqali ovoz boylamlari rezeksiyasi va laringoektomiya ) Qalqonsimon xavfli o‘smalari (gemitireoidektomiya, tireoidektomiya va subtotal rezeksiya ) Teri xavfli o‘smalarida (teri usmasini keng xirurgik olish va bir vaqtning o‘zida plastika qilish ) Burun yondosh bo‘shliqlari xavfli o‘smalarida (gaymorotomiya va gaymor bo‘shlig‘i o‘smalarini olish ) Bo‘yin soxasidagi metastatik limfa tugunlarida (limfodisseksiya ) jarroxlik amaliyotlari amalga oshiriladi. Ixtisoslashuv: Bugungi kunda bosh va bo‘yin onkologiyasi bo‘limi o‘zining jihozlari bo‘yicha dunyoning yetakchi klinikalari bilan bir qatorda. Barcha operatsiyalar operatsion mikroskop Carl Zeiss (Germaniya), mikroinstrumentlar Aesculab (Germaniya) yordamida amalga oshiriladi. Bu o‘tkazilgan yuqori texnologik va maloinvaziv amaliyotlar bemorni kasalxonada yotoq kunlarining kamayishiga, yashash – hayot sifatini yaxshilashga va jarrohlik davolashning bir qator muammolarini hal qilishga yordam berdi. Bo‘lim 25 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda bemorlarning davolanishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan: bir va ikki kishilik palatalar, ularning har birida dush, muzlatgichtelevizor, konditsionerlar mavjud. Bugungi kunda immunogistokimyoviy tadqiqotlarning muvaffaqiyati, yangi usmaga karshi dorilarning paydo bo‘lishi, yangi nur terapiya uskunalari, takomillashtirilgan jarrohlik amaliyoti tufayli bo‘limda yordam berilishi mumkin bo‘lgan bemorlar qatori ham kengaymoqda. Onkooftalmologiya. Ko‘z va uning yordamchi organlarida uchraydigan usmalar , boshqa soxalar usmalari bilan solishtirganda, kamroq tarqalgan. Ammo oxirgi yillarda yurtimizda axoli soni ortishi barobarida ko‘ruv organi saratonlarining xam ko‘payib borayotgani kuzatilmokda. Kuz soxasida uchraydigan yaxshi sifatli o‘smalar ko‘rishning pasayishiga yoki yo‘qolishiga va kosmetik nuqsonlarga olib kelishi mumkin bo‘lsa, yomon sifatli o‘smalar ko‘z olmasining butunlay olib tashlanishigacha bazan xatto o‘limgacha olib kelishi mumkin. Shuning uchun erta tashxis qo‘yish va samarali davolash dolzarb masala xisoblanadi.. Usmalarning diagnostikasi va differensial diagnostikasi ancha murakkab jarayondir. Ko‘pincha kuzning bazi xavfli o‘smalari boshqa ko‘z kasalliklari niqobi ostida o‘tadi, bu esa diagnostika xatolariga olib kelishi mumkin. Shu bois ko‘z va uning qo‘shimchalari o‘smalari bilan og‘rigan viloyat bemorlariga malakali yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika Onkologiya va Radiologiya Ilmiy –Amaliy Tibbiyot Markazi Buxoro filialida 2018-yildan boshlab onkooftalmologiya xizmati yulga kuyilgan. Respublikamizda birinchi marta ixtisoslashtirilgan onko-oftalmologik yordam 1965-yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘IH ilmiy-tadqiqot instituti konsultativ poliklinikasida ko‘z bo‘limi ish boshlaganidan so‘ng ko‘rsatila boshlandi. Onkooftalmologiya xizmatining asosiy vazifasi Buxoro viloyatida ko‘z va uning qo‘shimchalari o‘smalari hamda o‘simtadan oldingi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga maslahat, terapevtik va diagnostik yordam ko‘rsatish hamda viloyat oftalmolog shifokorlariga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatishdan iborat. Bugungi kunga kelib bizning RIO va RIATM Buxoro filialimiz onkooftalmologi , ximioterapevt va radiologlari tomonidan ko‘z olmasining, uning qo‘shimchalari va orbitasining xavfsiz va xavfli o‘smalarini jarrohlik, kimyoterapiya, nurterapiya kabi davolash usullari yordamida samarali davolash yulga kuyilgan. Xozirgi kunda RIO va RIATM Buxoro filialida quyidagi onkooftalmologik operatsiyalar amalga oshiriladi: -ko‘z qovoqlari va intermarginal qirrasi terisining xavfsiz va xavfli o‘smalarini plastik jarrohlik bilan va plastik jarrohliksiz olib tashlash; -ko‘z qovoqlari va kon’yunktiva terisining gigant nevuslarini plastik jarrohlik bilan va plastik jarrohliksiz olib tashlash; -har xil turdagi gemangiomalarni jarrohlik usuli yordamida davolash; -kon’yunktiva va shox pardaning xavfsiz va xavfli o‘smalarini plastik jarrohlik yo‘li bilan va plastik jarrohliksiz olib tashlash; -pterigiumni olib tashlash; - ko‘z ichi o‘smalari (retinoblastoma, melanoma) uchun ko‘z olmasini olib tashlash (yenukleatsiya); -orbitotomiya va kuz kosasi usmalarini olib tashlash; - orbitaning eksenteratsiyasi; Kafedra xodimlari xalqaro oftalmologiya onkologiya markazlari va ushbu sohadagi yetakchi olimlar bilan yaqin aloqada.