Radioterapiya(nur terapiya)

Respublika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya Ilmiy Amaliy Tibbiyot Markazi Buxoro Filliali Nur Terapiya bo`limi Nur Terapiya bo`limi 20 o`rindan iborat bo`lib. Hozirda 3 ta vrach radioterapevt, 8 ta o`rta tibbiy xodim, 7 ta kichik tibbiy xodim faoliyat yuritmoqda. Nur Terapiya bo`limi xodimlari: Karimova M. Sh vrach radioterapevt bo`lim mudiri. Murodov Yu.J vrach radioterapevt Rashitova A. A vrach radioterapevt Bo`lim vrachlari doimiy ilmiy izlanishda va doimiy ravishda xorijda malaka oshirib kelmoqda xususan Rossiya, Belorussiya, Turkiya, Braziliya. Korea davlatlarida. Nur terapiyasi muolajalari quyidagi apparaturalar yordamida olib boriladi 1) gamma-terapevtik apparat TERABALT ( МSКТ Siemens apparati yordamida o`sma aniq vizualizatsiya qilinib davolash usuli rejalashtiriladi) 2) braxiterapiya apparati- Flexitron Nur terapiyasi onkologik kasalliklarni davolashda katta o`rin tutadi va onkologik kasallarni hayot samarasini oshirish, kasallikdan to`liq davolash yo`lida samarali xizmat qiladi. Bo`limda quyidagi o`sma kasalliklari davolanadi - Bachadon bo`yni xavfli o`smasi - - Bachadon tanasi xavfli o`smasi - Qin daxlizi xavfli o`smasi - Sut bezi xavfli o`smasi - Erkaklar jinsiy a`zolari xavfli o`smalari - Buyrak xavfli o`smalari - Qovuq xavfli o`smalari - To`g`ri ichak xavfli o`smalari - Qizilo`ngach xavfli o`smalari - O`pka xavfli o`smalari - Ko`ks oralig`I xavfli o`smalari - Limfomalar (Xodjkin Noxodjkin) - Bosh-bo`yin o`smalari - Bosh miya va orqa miya o`sma kasalliklari - Yumshoq to`qima xavfli o`smalari - Teri xavfli o`smalari - Ayrim turdagi leykozlar - Bolalar onkologik ksalliklari davolanadi.