IV-Jarrohlik

4-jarroxlik bo‘limida tayanch xarakat tizimi xavfli o‘smali ( suyak, yumshok tukima va teri) xamda torakal onkologiya xavfli o‘smalari (qizilungach, o‘pka, traxeya, bronxlar, ko‘ks oralig‘i) bilan kasallangan bemorlarni davolashda yukori texnologik davolash va tekshirish usullaridan foydalaniladi. Bo‘limning asosiy faoliyati: DAVOLASH DASTURI : 1. Onkoortopediya yunalishida -Suyaklar va yumshoq to‘qimalarining ( bosh va bo‘yin qismida lokalizatsiya qilingan o‘smalar bundan mustasno) va terining birlamchi xavfli hamda metastatik o‘smalari bo‘lgan bemorlarni diagnostikasi, kombinatsiyalashgan davolash. - Suyaklar va yumshoq to‘qimalar va terining xavfli o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni kompleks xamda kombinir davolashda xirurgik, ximioterapiya, target terapiya xamda nur terapiyasining zamonaviy usullaridan foydalanish. - tayanch-xarkat tizimi o‘smalari bilan kasallangan onkologik bemorlarda organ saqlovchi operatsiyalarni o‘tkazish, reabilitatsiya qilish va hayot sifatini yaxshilash. –Suyak va yumshok tukima yaxshi sifatli o‘smalari bilan kasallangan bemorlari davolash. -Uzun naysimon suyaklar xavfli o‘smalarda segmentar rezeksiya kilish jarroxlik amaliyoti bajarilib, ushbu nuqsonlar zamonaviy endoprotezlar bilan bartaraf qilish. -Bo‘lim bemorlarida yuqori texnologik operatsiyalar va manipulyatsiyalar bajarish uchun zamonaviy jixozlangan operatsiya xonasi mavjud. EKSKLYUZIV DIAGNOSTIKA . 4-JARROXLIK bo‘limida MSKT kontroli ostida inson tanasining barcha suyaklaridan (umurtka pagonasi va kalla suyagidan tashqari) biopsiya olish yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘pincha suyak o‘smalari umumiy amaliyot shifokorlari, travmatolog-ortopedlar yoki xirurglar tomonidan tashxis qilinadi. Biroq bu mutaxassislarning barchasi tashxis uchun o‘smadan gistologik taxlil uchun biopsiya olishga yuridik jixatdan qodir emas. Ushbu amaliyot albatta vrach onkolog tomonidan bajarilishi kerak. Bo‘limda suyakdan biopsiya olish jarayoni eng yangi avlod MSKT konroli ostida kam invaziv Trepan nina yordamida amalga oshiriladi. Ushbu diagnostika usuli yordamida to‘kimalar anatomik tuzilishi to‘liq saqlanib qolinadi, bu esa o‘z navbatida ushbu usulning diagnostik qiymatini oshiradi. SUYAK SARKOMALARI: -Onkologik endoprotezlash -Yelka kamari suyaklarini rezeksiya qilish(kurak, umrov suyaklari) -Qovurg‘alar va ko‘krak devorining rezeksiyasi -Suyaklardagi operatsiyadan keyingi nuqsonni bartaraf qilish uchun biologik sement va autotransplantat(o‘z suyagidan) foydalanish -Yelka kamarining maxalliy tarqalgan xavfli o‘smalari uchun kengaytirilgan operatsiyalar(kuraklararo-ko‘krak amputatsiyasi) ENDOPROTEZLASH. 4-jarroxlik bo‘limi birlamchi va metastatik suyak xavfli o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni diagnostikasi va kompleks davolashni amalga oshiradi. Birlamchi va metastatik suyak xavfli o‘smalarida organ saqlovchi davo usuli “oltin standart” xisoblanadi. Bo‘limda tananing asosiy bo‘g‘imlari endoprotezlash amaliyotlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tirsak va bilak, tovon kabi kam uchraydigan lokalizatsiyalarni endoprotezlash amaliyotlari kelajakda maqsad qilingan. YuMShOQ TO‘QIMA SARKOMALARI -Yuqori va pastki muchalar lokalizatsiyari o‘smalarini keng kesib olish. -Ko‘krak devori lokalizatsiyasidagi o‘smalarni keng kesib olish. -O‘smani keng kesib olishdan keyingi nuqsonlarni bartaraf qilishda barcha turdagi plastik amaliyotidan foydalanish. Bulimda hozirgi vaktda yumshoq to‘qima sarkomalari bilan og‘rigan bemorlarni davolash taktikasi qayta ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bu yerda davolash va reabilitatsiya uchun xirurgik davolash ayniqsa organ saqlovchi jarroxlik amaliyotlarga yondashuv asosiy hisoblanadi. Oxirgi yillarda bo‘limda yumshoq to‘qima sarkomalarini keng kesib olishdan keyingi jaroxat nuqsonlarni bartaraf qilishda erkin teri loskuti, rotatsion teri-fassial loskut, erkin kon tomir oyoqchali teri-mushak–fassial loskutlar bilan bartaraf qilish, yumshoq to‘qima xavfli o‘smalarini keng kesib olish bilan birgalikda magistral kon tomir rezeksiyasi amaliyotlarda kon tomir defektini autovena orkali mikroskop yordamida anastamoz kuyish kabi yuqori texnologik amaliyotlar keng tadbiq qilindi. Bu esa bemorlarda funksional va kosmetik natijalarni yaxshilash imkonini berdi va yashash ko‘rsatkichini sezilarli darajada oshganligini bildirdi. MELANOMA VA TERI XAVFLI O‘SMALARI -Barcha turdagi teri xavfli o‘smalarini ( bazal hujayrali teri saratoniyassi xujayrali teri raki, teri melanomasi) keng kesib olish -Barcha turdagi regionar limfa tugunlarni olib tashlash(Limfadenektomiya) -Maxalliy tarkalgan teri saratonida xar xil turdagi plastik amaliyotlarni qo‘llash Bo‘limda melanoma va teri xavfli o‘smalarini jarroxlik va kombinir davolash amalga oshiriladi, shuningdek nur terapiyasi va kimyoterapiyaning turli usullari qo‘llaniladi. Teri o‘smalarining diagnostikasi shuningdek morfologik tekshirish usullari, masalan sitologik va tezkor gistologik tekshiruvlar yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashkari teri xavfli o‘smalari bilan davolangan bemorlarning doimiy monitoringi olib boriladi. Bu esa ular bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lish, qo‘llaniladigan davolash usullarining samaradorligini baxolash, oshirish va yaxshilash imkonini beradi.