Reanimatsiya

ANESTEZIOLOGIYA VA REANIMATSIYA BO’LIMI Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali “Anesteziologiya va reanimatsiya” bo‘limining onkologik xizmati tarkibiga quyidagilar kiradi: • Reanimatsiya bo’limi 6 o'ringa mo’ljallangan. Bemorlar doimiy vrach va hamshira nazoratida davolanadi. Bo’limda malakali anesteziolog-reanimatologlar ishlaydi, ular mutaxassislik bo'yicha o'qitilgan va tajribaga ega: onkologik anesteziologik yordam va intensiv teraipiya o’tkaziladi. Bemorlarga 30 dan ortiq mutaxassislik bo‘yicha mutaxassis shifokorlar maslahati va barcha sohalarda keng ko‘lamli diagnostika muolajalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Saraton kasalligi bilan og'rigan bemorlarga quyidagi turdagi tibbiy xizmatlar ko'rsatilishi mumkin: • Barcha turdagi og’riqsizlantirish turlari Intensiv terapiya muolajalari • davolashdan oldin yoki davolanish vaqtida barcha turdagi diagnostika muolajalarini bajarish qon quyish (gemoglobin darajasi past bo'lgan qon quyish) Og’ir ahvoldagi bemorlarga simptomatik yordam ko’rsatish Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filialining “Anesteziologiya va reanimatsiya” bo‘limida intensiv terapiyani amalga oshirish uchun kerakli jihozlar (SNA apparatlari, kardiomanitorlar, infuziomat, elektroso’rg’ichlar, markazlashgan kislarod ta’minoti, zarur dori-darmonlar) bilan ta’minlangan. Anesteziologiya va reanimatsiya bo'limida bemorlarga operatsiya paytida anestezilogik yordam, operatsiyadan keyingi va og’ir ahvoldagi bemorlarga intensiv terapiyaning zamonaviy usullari qo’llaniladi.